2-Mavzu: Mediateka bilan ishlashda kompyuterning pereferik uskunalarini
ulash va sozlash.
Reja:1. Mediateka haqida tushuncha.2. Pereferik qurilmalar bilan o’quvchilarni tanishtirish.3. Kompyuter qurilimalarini turlari.
Hozirgi kunda kompyuter olami juda katta tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Bunga juda
ko'p sabablar bor. Eng asosiy sabablardan biri bu — kompyuter orqali inson tomonidan
bajariladigan ishlarning deyarli barchasi bajarilmoqda. Nafaqat bajarilmoqda, balki
osonlik va tez bajarilmoqda. Undan tashqari maromiga yetkazilib, ishlar bitkazilmoqda.
Bu ishlarni bajarishda, kompyuter bir o'zi emas, balki kompyuterga
ulanadigan periferik qurilmalar yordamida amalga oshirmoqda.
Periferik qurilma bu – kompyuterga tashqi tomondan ulanib, uning imkoniyatlarini
kengaytiradigan qurilmalarga aytiladi. Bu qurilmalar qo'shimcha qurilmalar ham
deyiladi, ularsiz ham kompyuter o'zining asosiy ishlarini amalga oshiraveradi. Periferik
qurilmalar faqatgina qo'shimcha ishlarni amalga oshiradi.
Periferik qurilmalar kompyuterga ma'lum bir portlar yoki simsiz ulanishi mumkin.
Misol uchun, USB, LPT, COM portlar orqali yoki simsiz aloqa orqali, ya'ni wi-fi,
Bluetoothvahakazolar orqali.
Demak, bu qurilmalarga nimalar kiradi? Bu qurilmalar juda ko'p, shuning uchun
nimalar kirmasligini bilib olsak, qolgan hamma narsalar kirishi oydinlashadi.
Kompyuter nimalardan tashkil topgan va nimalar bo'lmasa umuman ishlamaydi? Shu
savolga javob beramiz. Kompyuter tizim blok(sistemnыy blok), monitor va
klaviaturadan tashkil topgan. Bu qurilmalarning birortasi bo'lmasa kompyuterni
ishlatib bo'lmaydi(ya'ni temir sifatida topshirib yuborish ham mumkin). Ko'pchilik bu
ro'yxatga sichqonchani(mыshka) ham kiritishadi, lekin u siz ham kompyuterni ishlatish
mumkin-ku. Tizim bloki ichidagi narsalar(OZU, vinchester, protsessor,..) umumiy holda
uning ichiga kirib ketadi. Qolgan barcha qurilmalar periferik qurilmalardir.
Periferik qurilmalarning soni ko'pligi uchun, ularni bir necha guruhlarga bo'lib
o'rganiladi. Bu maqolamda ularning ba'zilarini qaysi guruhlarga kirishini yozib o'taman,
qolgan qurilmalarni o'zingiz biroz o'ylagan holda, kerakli guruhga kiritib olishingiz
mumkin, demak bu guruhlar quyidagilar:
Kiritish qurilmalari. Bu qurilmalar biror narsa(rasm, yozuv, komanda, video,
ovoz)larni kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi. Klaviaturani xam shu guruhga kiritish
mumkin, lekin u periferik qurilma emasda. Bu guruhga quyidagi qurilmalar misol bo'la
oladi: trekbol, skaner, raqamli fotoapparat, kodlovchi qurilma, shtrix-kodlarni o'quchi
qurilmalar, mikrofon,…
Chiqarish qurilmalari. Biror narsa(rasm, matn, ovoz,..)ni kompyuterdan chiqarish
uchun ishlatiladi. Bu guruhga quyidagilar misol bo'la oladi: printer, plotter, naushnik,
kolonka, sambufer,…
Saqlash qurilmalari. Bu qurilmalar ma'lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi.
Vinchester, kompyuter ichida joylashgani va asosiy qurilmasi bo'lgani uchun periferik
qurilmaga kirmaydi. Bu guruhga quyidagilar misol bo'la oladi: qo'shimcha qattiq
disklar, CD-DVD disklar, fleshkalar, floppi disketalar, disk massivlari,…
Tarmoq qurilmalari. Bu qurilmalar tarmoq qurish uchun ishlatiladi. Tarmoq
topologiyalariga qarab bu qurilmalar tanlanadi. Misol qilib, tashqi modem qurilmalari,
tarmoq adapterlari,...
Umumiy hldda periferik qurilmalar shular, lekin IT sohasi rivojlangan sari bu
qurilmalarning turlari ham ko'payib bormoqda. Bu bo'limda asosan shu qurilmalar
haqida maqolalar yozib o'taman. Hozircha shu.
Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar
1. Mediateka nima
2. Mediatekaning pereferik qurilmalarini sanab bering
3.Kompyuterning necha xil qurilmalari mavjud?
Comments
Post a Comment