Skip to main content

19-Mavzu: Video ma`lumotlar bilan ishlash

 19-Mavzu: Video ma`lumotlar bilan ishlash 

Reja:

 1 Video ma`lumotlar bilan ishlash 

2 Video ma`lumotlar bilan ishlashni foydalanish 

3 Video ma`lumotlar bilan ishlashni afzallik va kamchiliklari

Multimediy vositalari (multimedia – ko’pvositalilik) - bu insonga o’zi uchun tabiiy muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir. Multimedianing ajralib turuvchi belgilariga Multimedianing ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: - "inson-kompyuter" interaktiv mulokotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta'lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi. • muayyan vaqtdagi ish,o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqi ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oralig’ida ko’rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma'lumotlarni o’zatish shinasining o’tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotira katta sig’imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi; - axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutk, musika, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli kurilmalari: mikrofon, audio tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi; Ta'lim olishninyangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi Berilayotgan materiallarni chuqurroq, va mukammalroq o’zlashtirish imkoniyati bor ta'lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoni- yatiga erishish Olingan bilimlar. kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda amaliyotdaqo’llashimkoni-yatigaerishiladi. Multimediali taqdimot Bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma'lumotlar, rasmlar, slayd-shou, . diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta'minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma'lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya'ni belgilangan shaklda o‘zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan tashqari, taqdimot. Sizning saytingiz kaliti ham bo‘lishi mumkin. Ya'ni Internetga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lgan paytda sichqonchani bir martagina bosish orqali taqdimotni ko‘rib, kompaniya saytidan eng yangi ma'lumotni olish mumkin. Multimediali texnologiya Multimediali texnologiya (multi – ko‘p, media – muhit) bir vaqtning o‘zida ma'lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz. Grafik ob'yektlar bilan ishlashda faoliyatning ikki shaklini ajratib olish kerak: skanerlash va rasm yaratish (tahrirlash). Skanerlash deganda qog‘oz ko‘rinishidagi ma'lumot tashuvchilardan maxsus qurilma – skaner yordamida axborotning avtomatik o‘qilishi va kompyuterga kiritilishi jarayoni tushuniladi. Rasmlarni skanerlash uchun quyidagi dasturiy mahsulotlardan foydalaniladi. - PhotoEditor – Microsoft Office tarkibiga kiruvchi rasm skanerlashga yordam beruvchi hamda grafik material tayyorlash uchun ba'zi operatsiyalarni bajaruvchi dastur (kontrast, yorug‘lik, ranglilik va rasm oriyentatsiyasini o‘zgartirish). - PhotoPaint – rasmni skanerlash hamda materialga dastlabki ishlov berishga imkon beruvchi dastur (to’zatish, rang o‘zgartirish, oriyentatsiya, masshtab, gamma nurlari bilan to‘yinganlik va b. ni o‘zgartirish). Bu yerda keng tarqalgan dasturiy vositalarga qisqacha ta'rif berib o‘tamiz: - PhotoShop – grafik fayllarni qayta ishlashga imkon beruvchi dasturiy mahsulot. Ushbu tahrir dasturi ko‘pgina fayl formatlari (JPG, GIF, PSD, TIF va boshqalar) bilan ishlaydi, rasmlarni standart qayta ishlashdan tashqari ularni turli filtrlardan (qayirish, bo‘rtma ko‘rinish berish, donadorlik, yoritilganlik darajasi va boshqalar) o‘tkazishga imkon beradi. - Stoik ArtMen – Stoik Software dasturiy mahsulotlari safiga kiradi va turli rassomlar tomonidan chizilganga o‘xshatib qayta ishlashga yordam beradi, masalan, akvarelda, moybo‘yoqda, o‘yma naqsh, emal va b. - Paint – rasm oriyentatsiyasini o‘zgartirish, tozalash, belgilangan maydonni kesib olishga imkon beruvchi standart grafik muharrir. Faqat BMP va PCX fayllari bilan ishlaydi. Videoyozuvlarni Videoyozuvlar bilan ishlash videomagnitofon yordamida yozib olingan tasvirni oldindan raqamli ko‘rinishga o‘tkazishni talab qiladi. Tasvirni raqamli shaklga o‘tkazish deganda materialni analog shaklidan kompyuterga kiritish mumkin bo‘ladigan raqamli shaklga o‘zgartirish tushuniladi. Tasvirni raqamli shaklga o‘tkazish uchun kompyuter maxsus videokarta, TV-tyuner va unga hamroh bo‘lgan dasturiy mahsulot bilan jihozlanishi kerak. Raqamli shaklga o‘tkazilgan videoyozuv TV-tyuner talab qilmaydi, quyidagi dasturiy mahsulotlar bo‘lishi yetarli - Vstudio2 – videomagnitofondan videoyozuvni raqamliga o‘tkazish uchun ishlatiladi; videoparchalarni turli shaklda montaj qilishga imkon beradi. - Adobe Premier – fragmentlarni raqamlashtirish va ular orasida ko‘plab o‘tishlar bilan montaj qiluvchi murakkabroq dasturiy mahsulot. Adobe Premier kadrlar o‘lchamini va ularning oriyentatsiyasini (aylanish, kadr harakati trayektoriyasini) o‘zgartirishi mumkin. - MorphMan – Stoik Software tarkibiga kiruvchi va videomaterial montaji hamda morfing yaratishga imkon beruvchi dastur. Morfing deganda bir tasvirning boshqasiga qadamba-qadam o‘zgarib o‘tishi tushuniladi. Ushbu dastur statik morfing bilan birga alohida videofragmentlar orasida ham morfing yarata oladi. Bunday qayta ishlovlar natijasida AVI kengaytmali videofayl yaratiladi.


Video ma'lumotlar bilan ishlash uchun sizga kerak bo'lgan bir nechta vositalar mavjud. Bu vositalar orqali videoni tahrirlash, montajlash, ovoz qo'shish, efektlarni qo'shish va boshqa qismlarni tuzish mumkin. Quyidagi yordamchalar, video ma'lumotlar bilan ishlash uchun umumiy vositalardir:

  1. Video Tahrirlash Uchun Dasturlar:

    • Adobe Premiere Pro: Professional tahrirlovchi dastur bo'lib, ko'p qismlarni birlashtirish, ovoz qo'shish, efektlarni qo'shish, titrlash va boshqa bir qator amallarni bajarish imkonini beradi.
    • Final Cut Pro (Mac uchun): Mac platformasiga mo'ljallangan dastur, shuningdek, professional video tahrirlash uchun ishlatiladi.
    • DaVinci Resolve: To'liq funksiyalarga ega bo'lgan bepul tahrirlovchi va gradatsiya dasturi.
  2. Video Qo'shish va Ovozni Qo'shish:

    • Camtasia: Bu dastur, ekran yozish, videoni tahrirlash va ovoz qo'shishga mo'ljallangan.
    • Filmora (Wondershare): Oson tahrirlovchi dastur, ovoz qo'shish, efektlar qo'shish, titrlash va boshqa amallarni bajarishga imkon beradi.
  3. Ovozdan Yozuvga va Yozuvdan Ovozga:

    • Google Text-to-Speech (TTS): Matnni ovozga aylanitirish uchun Google'ning xizmati.
    • Speech-to-Text (Google Cloud): Audio fayllardan matnni olish uchun Google Cloudning "Speech-to-Text" xizmati.
  4. Animatsiyalar va Grafika Qo'shish:

    • Adobe After Effects: Animatsiyalar, efektlar va grafika qo'shish uchun mo'ljallangan dastur.
    • Blender: Bepul va ochiq manbali 3D modellash va animatsiya dasturi.
  5. Video Tahlil Qilish va Ma'lumotlar:

    • OpenCV (Python uchun): Python uchun mo'ljallangan bu kitob, video fayllarni tahlil qilish va ma'lumotlarni olish uchun ishlatiladi.
    • YouTube Data API: YouTube videolarini tahlil qilish va ma'lumotlar olish uchun ishlatiladi.
  6. Streaming va Ma'lumotlar:

    • Twitch API: Twitch platformasidagi streaming ma'lumotlariga kirish va uni o'zgartirish uchun ishlatiladi.
    • YouTube API: YouTube videolari va kanallar bilan ishlash uchun ishlatiladi.

Bu yordamchalar, video ma'lumotlar bilan ishlashda sizga yordam bera oladi. Har bir dastur yoki xizmat o'zining xususiyatlari va imkoniyatlariga ega bo'lgani uchun tanlovingizni boshqa tanlovlar bilan solishtirib, maqsadlaringizga mos keluvchi vositani tanlang.



Comments

Popular posts from this blog

22-Mavzu: Animatsion va tasvirli ma`lumotlarni ishlab chiqish vositalari bilan ishlash

 22-Mavzu: Animatsion va tasvirli ma`lumotlarni ishlab chiqish vositalari bilan ishlash  Reja:  1 Animatsion vositalar.  2 Tasvirli ma’lumotlar vositalari.  3Animatsion va tasvirli ma’lumot ishlab chiqish. Flash texnologiyasi haqida ma’lumot Flash texnologiyasiga - ShockWave Flash (SWF) formatli vektorli grafikdan foydalanishga asoslangan texnologiyadir. Bu format eng samarali grafik formatlardan bo`lmasada, SWF formati foydalanuvchilarga grafik imkoniyatlari cheklanmagan grafiklar bilan ishlovchi vositalar va natijani Web- brouzerlarda, kerakli muxarrirlarda foydalanish imkoniyatilari mavjud. Flash texnologiyasining imkoniyatlardan yana biri - bu uning moslashuvchanligidir, ya’ni bu format barcha platformalarda (MacOS tizimli Macintosh kompyuterlari yoki Windows tizimli kompyuterlarida) ishlatilishi mumkin. Yana bir qulay imkoniyati uning yordamida yaratilgan tasvirlar nafaqat animatsiyali bo`lishi, balki interfaol elementlar va tovush bilan boyitilishi hamda d...

27-Mavzu: Web saytlar yaratish uchun dasturiy ta`minotni o`rnatish

 27-Mavzu: Web saytlar yaratish uchun dasturiy ta`minotni o`rnatish Reja:  1.WEB sayt haqida ma`lumot 2 Web saytining dasturiy tamitnoti  3 Web saytini yaratish. Web-texnologiyaning (Internet-texnologiya) Web-dizayn qismini o’rganishni razmetkali til tasnifi bilan boshlaymiz. Maxsus til mavjud bo’lib, bu til yordamida matnlar, grafik ma’lumotlar Web-sahifa hujjatga joylashtiriladi va bu hujjatni barcha kompyuterda ko’rish imkoniyati mavjuddir. Bunday maxsus tillar razmetkali tillar deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi - Web-sahifaga “ma’lumotlarni joylashtirish” va ular orasidagi aloqani (gipersaloqalar) ta’minlashdan iborat. Razmetkali tillar quyidagilarni o’z ichiga oladi: HTML (HyperText Markup Language) Dastlab World Wide Web tizimi matnli ma’lumotlarni va HTML hujjatlarni ko’rishga mo’ljallangan, matnni taxrirlovchi tilga o’xshash tizim bo’lgan. Ayni damda HTML tili WWW daga eng ommabop tillardan biri hisoblanadi. HTML tilida yozilgan ma’lumotlar o’z ichiga matn fay...

18-Mavzu:Audio ma`lumotlar bilan ishlash

 18-Mavzu:Audio ma`lumotlar bilan ishlash  Reja:  1 Audio ma`lumotlar  2 Audio ma`lumotlar bilan ishlash  3 Audio ma`lumotlar bilan ishlash afzallik va kamchiliklari 1.Kompyuter ovoz tizimi Kompyuterning ovoz kartasi ko'rinishidagi ovoz tizimi 1989 yilda paydo bo'lib, kompyuterning axborotlashtirishning texnik vositasi sifatida imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi. Kompyuter ovoz tizimi - quyidagi funktsiyalarni bajaradigan dasturiy va texnik vositalar majmuasi: • tashqi manbalardan, masalan, mikrofon yoki magnitafondan, kirish analog audio signallarini raqamli signallarga aylantirish va keyin ularni qattiq diskda saqlash orqali audio signallarni yozib olish; • tashqi dinamik tizimi yoki minigarnituralar (naushniklar) yordamida yozib olingan audio ma'lumotlarni tinglash; • audio kompakt disklarni tinglash; • bir nechta manbalardan signallarni yozish yoki o'ynatishda aralashtirish (aralashtirish); • ovozli signallarni bir vaqtning o'zida yozib olish va ...