Skip to main content

1-Mavzu. Kompyuterlashtirilgan ish o‘rni va mehnat muhofazasiga rioya qilish.

1-Mavzu: Kompyuterlashtirilgan ish o‘rni va mehnat muhofazasiga rioya qilish

 Reja: 

1. Kompyuterda ishlashda xavfsizlik texnikasi 

2.Kompyuterda ishlashda qo‘yiladigan talablar 

3.Kompyuterda ishlashda xavfsizlikni oldini olish uchun qo‘yiladigan talablar

 Kompyuterlar joylashtirilgan xonalar va dasturlovchi o‘rni yong‘in xavfsizligi talablari bo‘yicha «D» toifaga mansub bo‘lib, tez yonuvchi materiallar kam hisoblanadi. Elektr hisoblash mashinalari va aloqa vositalari joylashtirilgan xonalarda yong‘in xavfi mavjud bo‘lib, bu holat katta miqdorda tez eriydigan yengil materiallardir. Bu xonalarda yong‘in asosan yonuvchan moddalarning oksidlanishi, issiqlik ta’sirida erishi natijasida sodir bo‘ladi. Mavjud xonalarda o‘rnatilgan akustik va estetik talablarga mos keluvchi eshik, pol, kabellar izolyasiyasi va boshqalar yonuvchi komponentlar toifasiga kiradi. Yong‘inga qarshi kurash bu kompleks tashkiliy va texnik tadbirlar bo‘lib, xodimlarni xavfsizligini ta’minlash, yong‘inni samarali o‘chirish uni tez tarqalishini oldini olishdan iborat. Uchqun chiqaruvchi manbalar esa, elektron sxemalar, elektr ta’minot tarmoqlari, turli elektron uskunalarning nosozligi, qisqa tutashuv, yer bilan notug‘ri biriktirish, ulashdagi nosozliklar hisoblanadi. Zamonaviy kompyuterlar va EHMlarida elektron sxemalar va detallar zich joylashganligi va kabellar hamda ulash simlari yaqinligi sababli bu xavf ancha yuqoridir. Bulardan elektr tokini oqishi himoya qavatini erishiga olib keladi. Kompyuterlarda bu kabi ortiqcha issiqlik maxsus shamollatish bloki orqali chiqarib yuboriladi. Bu blokni ishdan chiqishi esa juda xavflidir. Bunday hollarda xavfsizlik choralarini ko’rish va qo’shimcha shamollatish tizimini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, yong’in holatini kompyuter choralarida qo‘llanilgan qurilish materiallarining yong‘inga chidamligini, umumiy mustahkamlikni ta’minlaydi. Elektron uskunalarni yuqori narxini e’tiborga olgan holda bu turdagi xonalarni 1 yoki 2 toifali yong’inga chidamlilik deb darajalash mumkin. Kichik hajmdagi yong’in o’choqlarini bartaraf etish uchun binolarda yong‘in krani, o‘t o‘chirish moslamasi, quruq qum, asbestli ko‘rpa va boshqalardan foydalaniladi. Yong‘in xavfsizligi qoidalariga binoan EHM joylashtirilgan xonalar‘ ko’paytirish va nusxa ko‘chirish uskunalari atrofida tutunli xabar berish moslamalari o‘rnatiladi. Yong‘in boshlangan holatda plastmassalarni tutashi natijasida zaharli is gazi ajralib chiqadi va ishchilarni bug‘ishi mumkin. Shu sababli, belgilangan talablarga mos keladigan o‘chirish usullari va tizimlaridan foydalanish maqsadidga muvofiqdir. Olib borilayotgan tadqiqotchilar va tahlillar asosida aynan shu holatga mos keluvchi usullar tanlanadi. Ish o’rnini samarali tashkil etishda asosiy e’tibor elektromagnit va elektrostatik maydonlar ta’sirini kamaytirishga qaratilishi darkor. Bugungi kunda ish o‘rnini ergonomik talablar asosida tashkil etish, komfort ish sharoitini tashkil etish dolzarb sosial masaladir. Olingan tadqiqotlar asosida ish stolining optimal o‘lchamlari, qulay konfegurasiya, ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil etishda asosiy manbadir. Belgilangan talablarga javob beradigan sharoit yaratish, ish sifatini va unumdorligini oshirish, dastur ishini yaxshilash, nuqsonsiz ishlashni ta’minlash imkonini beradi. Shovqin. Ma’lumki, turli darajadagi va kattalikdagi shovqinlar organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va uni qobiliyatini pasayishiga sabab bo‘ladi. Shovqin sharoitida ishlashda insonlarda jizzakilik, bosh og’rig’i, bosh aylanishi, xotira susayishi, ishtaha bug’ilishi, quloqda og’riq va boshqalar kuzatiladi. Quyidagi jadvalda keltirilgan. Shovqinning og’irlik darajasi ko’p jihatdan ishning kuchlanganlik darajasiga bog’liq. Demak, kuchlanish katta bo’lsa, xavf darajasi katta bo’lishi kuzatiladi. Muxandis dasturlarni ish o’rnida shovqinning maksimal qiymati, 50 dBa dan katta, informatika va hisoblash zallarida esa 65 dBa bo’lishi lozim. Bu kabi javobgarlik talab qiladigan xonalarda va kompyuter zallarida tegishli himoya vositalarini ko‘rish va amalga oshirish juda muhimdir. Shu sababli maxsus shovqin yutuvchi va kamaytiruvchi moslamalar o‘rnatish talab etiladi [16]. ‘Kompyuter bilan ishlash davomida insonlarning ko’rish organlarida yuqori darajada kuchlanish holati sodir bo‘ladi. Turli o‘lchamdagi va hajmdagi grafik materiallar, kich o‘lchamlar, hajmini ortishi natijasida ko‘zda surunkali jiddiy kuchlanish yoki zo‘riqish sodir bo‘ladi. Bu kabi salbiy holatlar ko‘zni ko‘rish qobiliyatini pasayishiga olib keladi. Belgilangan me’yorlarga binoan foydalanuvchi operator ko‘zi bilan ekran oralig‘idagi masofa 600-700 mm bo‘lishi lozim, Ayrim hollarda harf va raqamlar kattaligini e’tiborga olgan holda bu masafani 500 mm bo‘lishiga ruxsat beriladi. Ko‘zni zo‘riqishini kamaytirish maqsadida har 1 soatda 15 minutlik tanaffus qilish tavsiya etiladi. Elektrostatik va elektromagnit maydonlarni organizmga ta’siri Bugungi kunda bir qator olimlar tomonidan kompyuter monitorlaridan tushayotgan turli nurlarni inson organizmiga ta’siri va ma’lum ionlanish sodir bo‘lishi tasdiqdangan. Lekin, bu masalada to‘laqonli ma’lumotlarmavjud emas. Elektormagnit ionlashgan nurlarning monitordan tushadigan miqdori quyidagi jadvalda keltirilgan. Ma’lumki, tegishli me’yorlarga asosan ish joyida kompyuter monitoridan ajraladigan maksimal rengen nurlarning maksimal miqdori 10 mk ber/ch va ultrabinafsha va infraqizil nurlarning bu kabi miqdori esa 10-100 mVt/m2 bo‘lishi aniqlangan. San P i N 2.2.2.542-96 ga asosan ionlashgan elektromagnit nurlarning ruxsat etiladigan qiymati quyidagicha: Bugungi kunda bu kabi ta’sirlar miqdorini kamaytirish maqsadida nurlanish darajasi past bo‘lgan monitorlardan foydalanish tavsiya etilmoqda. Bu kaab zamonaviy monitorlar toifasiga MRR- II, TSO-92, TSO-99 lar kiradi. Demak, monitorlar tushayotgan ionlashgan nurlarning miqdorini kamaytirish muhim ahamiyatga ega. Kompyuter oldida uzoq o‘tirishning mehnat unumdorligiga ta’siri Ma’lumki, kompyuter bilan ishlashda operatorlarda aqliy, emosional (his-hayajon) va jismoniy zo‘riqish bilan birga yuqori darajadagi shu jumladan ko‘rish organlarining ortiqcha zo‘riqishi sodir bo‘ladi. Bu esa juda ko‘p jihatdan ish o‘rnini tashkil etishda belgilangan talablarga rioya qilishni talab etadi. Ish o‘rnidagi elementlarni optimal joylashtirish, ish joyini to‘g‘ri tashkil etishni taqozo etadi. Shu sababli, mavjud konstruksiyalar kompyuter stollari ish o’rni ergonomika talablariga mos ravishda operatorning gavdasining o‘rchamlariga mos holda tanlanadi, ya’ni lozim bo‘lgan hollarda konstruksiyalarga tegishli o’zgartirishlar kiritiladi. Bir o‘rinli stolning o‘lchamlari Ayrim hollarda oyoq uchun monitorning eni va chuqurligi stol konstruksiyasining turiga qarab tanlanadi. Juda ko’p hollarda stolning optimal balandligi 760 mm, oyoq uchun maydon kengligi 800 mm qabul qilinadi. Me’yoriy talablarga binoan o’quvchi va talabalar uchun stolning asosiy o’lchamlari qo’yidagicha: Berilgan ma’lumotlar asosida kompyuter ish o’rnini optimal tashkil etish mumkin. Shu sababli, kompyuter operatorlari uchun belgilangan talablarga mos keladigan ko’tariladigan - aylanadigan maxsus stoldan foydalanish tavsiya etiladi. Bu turdagi stullar uzunligi 250 mm va eni 50 mm bo’lgan tirsak osti tayanch bilan ta’minlanadi. Oxirgi yillarda dasturlovchilarning qomatiga mos ravishda o’zgartirish imkoni mavjud konstruksiyalardan foydalaniladi. Ish o’rni albatta oyoq uchun taglik bilan ta’minlanadi va uning o’lchamlari eni 300 mm chuqurligi 400 mm bo’lib, o’zgartirish imkoni mavjud. Podstavkalar maxsus balandligi 10mm bo’lgan bortcha Bilan ta’minlanadi. Ergonomik talablardan kelib chiqqan holda ish o’rnini qo’yidagi qismlarga ajratish mumkin [12]. - motor maydon – ish o’rinining kishi harakat qiladigan qsmi; - qo’lning maksimal uzatish zonasi – bu mator maydoni, chet bilan chegaralangan bo’lib, uzatilgan qo’l harakatini ng yetadigan qismi; - optimal zona – norama qo’l yetadigan uzunliu chegarasi. 

1-Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar 

1.Kompyuterlashtirilgan xonada qanday ish o`rnini tashkil qilinadi?

 2. Kompyuterlashtirilgan xonada mehnat muhofazasi qanday tashkil etiladi? 

3. Kompyuterlashtirilgan xonada taxnika xavfsizligi qanday tashkil etiladi?

Comments

Popular posts from this blog

22-Mavzu: Animatsion va tasvirli ma`lumotlarni ishlab chiqish vositalari bilan ishlash

 22-Mavzu: Animatsion va tasvirli ma`lumotlarni ishlab chiqish vositalari bilan ishlash  Reja:  1 Animatsion vositalar.  2 Tasvirli ma’lumotlar vositalari.  3Animatsion va tasvirli ma’lumot ishlab chiqish. Flash texnologiyasi haqida ma’lumot Flash texnologiyasiga - ShockWave Flash (SWF) formatli vektorli grafikdan foydalanishga asoslangan texnologiyadir. Bu format eng samarali grafik formatlardan bo`lmasada, SWF formati foydalanuvchilarga grafik imkoniyatlari cheklanmagan grafiklar bilan ishlovchi vositalar va natijani Web- brouzerlarda, kerakli muxarrirlarda foydalanish imkoniyatilari mavjud. Flash texnologiyasining imkoniyatlardan yana biri - bu uning moslashuvchanligidir, ya’ni bu format barcha platformalarda (MacOS tizimli Macintosh kompyuterlari yoki Windows tizimli kompyuterlarida) ishlatilishi mumkin. Yana bir qulay imkoniyati uning yordamida yaratilgan tasvirlar nafaqat animatsiyali bo`lishi, balki interfaol elementlar va tovush bilan boyitilishi hamda d...

27-Mavzu: Web saytlar yaratish uchun dasturiy ta`minotni o`rnatish

 27-Mavzu: Web saytlar yaratish uchun dasturiy ta`minotni o`rnatish Reja:  1.WEB sayt haqida ma`lumot 2 Web saytining dasturiy tamitnoti  3 Web saytini yaratish. Web-texnologiyaning (Internet-texnologiya) Web-dizayn qismini o’rganishni razmetkali til tasnifi bilan boshlaymiz. Maxsus til mavjud bo’lib, bu til yordamida matnlar, grafik ma’lumotlar Web-sahifa hujjatga joylashtiriladi va bu hujjatni barcha kompyuterda ko’rish imkoniyati mavjuddir. Bunday maxsus tillar razmetkali tillar deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi - Web-sahifaga “ma’lumotlarni joylashtirish” va ular orasidagi aloqani (gipersaloqalar) ta’minlashdan iborat. Razmetkali tillar quyidagilarni o’z ichiga oladi: HTML (HyperText Markup Language) Dastlab World Wide Web tizimi matnli ma’lumotlarni va HTML hujjatlarni ko’rishga mo’ljallangan, matnni taxrirlovchi tilga o’xshash tizim bo’lgan. Ayni damda HTML tili WWW daga eng ommabop tillardan biri hisoblanadi. HTML tilida yozilgan ma’lumotlar o’z ichiga matn fay...

18-Mavzu:Audio ma`lumotlar bilan ishlash

 18-Mavzu:Audio ma`lumotlar bilan ishlash  Reja:  1 Audio ma`lumotlar  2 Audio ma`lumotlar bilan ishlash  3 Audio ma`lumotlar bilan ishlash afzallik va kamchiliklari 1.Kompyuter ovoz tizimi Kompyuterning ovoz kartasi ko'rinishidagi ovoz tizimi 1989 yilda paydo bo'lib, kompyuterning axborotlashtirishning texnik vositasi sifatida imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirdi. Kompyuter ovoz tizimi - quyidagi funktsiyalarni bajaradigan dasturiy va texnik vositalar majmuasi: • tashqi manbalardan, masalan, mikrofon yoki magnitafondan, kirish analog audio signallarini raqamli signallarga aylantirish va keyin ularni qattiq diskda saqlash orqali audio signallarni yozib olish; • tashqi dinamik tizimi yoki minigarnituralar (naushniklar) yordamida yozib olingan audio ma'lumotlarni tinglash; • audio kompakt disklarni tinglash; • bir nechta manbalardan signallarni yozish yoki o'ynatishda aralashtirish (aralashtirish); • ovozli signallarni bir vaqtning o'zida yozib olish va ...